Bo'limimiz sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlaydigan to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga asoslangan xizmatlarni taklif etadi. Har bir inson tanasiga mos individual yondashuv — bizning ustuvorligimiz.
1. Sog'lom hayot uchun to'g'ri ovqatlanish
2. Dietologlar maslahatlari
Tajribali dietologlar sizning sog'lig'ingiz, vazningiz va hayot tarzingizni hisobga olib, shaxsiy ovqatlanish rejasini tuzib beradi. Bu rejalar organizmni to'g'ri ishlashi, immunitetni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
3. Har xil muammolar bo'yicha ovqatlanish rejasi
Semizlik, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, ovqat hazm qilish muammolari yoki allergiyalar bo'yicha maxsus menyular ishlab chiqiladi. Ovqat tanlashda sizga yordamlashamiz!
4. Parhezlar — bu cheklov emas, imkoniyat
Sog'lom ovqatlanish bu mazali va xilma-xil bo'lishi mumkin. Biz sizga foydali, balanslangan va lazzatli parhezlar taklif qilamiz — och qolmasdan sog'lom bo'lish yo'lini ko'rsatamiz.
5. Natijaga yo'naltirilgan yondashuv
Bo'limimizda siz nafaqat to'g'ri ovqatlanishni o'rganasiz, balki uni hayotingizga moslab qo'llashni ham o'rganasiz. Maqsad – sog'lig'ingizni saqlab qolish, ortiqcha vazndan qutulish va o'zingizni yaxshi his qilish.