Endokrinologiya bo'limi gormonlar ishlab chiqarilishini nazorat qiluvchi bezlar bilan bog'liq kasalliklarni aniqlash va davolashga ixtisoslashgan.
1. Gormonal muvozanatni aniqlash va davolash
2. Qandli diabetni nazorat qilish
Qandli diabet bilan yashovchi bemorlar uchun maxsus nazorat, muvozanatli ovqatlanish va dori vositalari orqali davolash rejasi tuziladi.
3. Qalqonsimon bez kasalliklari
Gipotireoz, gipertereoz, tugunli yoki diffuz o'zgarishlar kabi qalqonsimon bez kasalliklari aniqlanadi va zamonaviy protokollarga asosan davolanadi.
4. Surunkali semirish va gormonal disbalans
Og'irlikning haddan tashqari ortishi yoki kamayishi, hayz tsikli buzilishi, bepushtlik kabi muammolar endokrin sababli bo'lishi mumkin — shuning uchun to'liq tekshiruv muhim.
5. Individual yondashuv va hayot tarzi bo'yicha maslahatlar
Har bir bemorga individual yondashuv asosida davolash yo'nalishi tanlanadi. Gormonal muvozanatni tiklashda sog'lom turmush tarzi muhim o'rin tutadi.