Anesteziologiya bo'limimiz operatsiyalar oldidan, davomida va keyin bemorlar holatini nazorat qilishga ixtisoslashgan. Har bir bemorga individual narkoz tanlanadi.
1. Og'riqsiz va xavfsiz operatsiyalar — biz bilan mumkin
2. Zamonaviy anesteziya usullari
Umumiy, mahalliy va epidural anesteziya kabi turli usullar orqali bemor og'riqni sezmaydi va operatsiya jarayoni maksimal qulaylikda o'tadi.
3. Reanimatsiya — hayot uchun kurash
Og'ir ahvoldagi bemorlar, yurak faoliyati, nafas olish buzilganlar reanimatsiya sharoitida yuqori texnologiyali uskunalar orqali uzluksiz kuzatuv ostida bo'ladi.
4. Tajribali mutaxassislar jamoasi
Shifoxonamizda malakali anesteziolog va reanimatologlar ishlaydi. Ular har bir bemorning holatiga qarab tezkor, to'g'ri qarorlar qabul qiladi.
5. Sifatli parvarish va doimiy monitoring
Har bir bemor alohida nazorat ostida. Yurak urishi, nafas olish, bosim va qon holati kabi ko'rsatkichlar doimiy monitoring qilinadi.